Hukumat Qiziriq tumani bo‘yicha qaror qabul qildi
2018-2019 yillarda Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.
Qaror bilan tasdiqlangan dastur parametrlarining bajarilishini ta'minlashda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika ishchi guruhi tuzildi.
Dasturda jami 298ta loyihani amalga oshirish uchun jami 1 100 366 mln so‘m mablag‘ sarflanishi nazarda tutilgan bo‘lib, loyihalarning 146tasi sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi, 103tasi yo‘l-transport va muhandislik kommunikatsiya, 25tasi esa ijtimoiy soha infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan.
Mavzuga oid
12:22
Kurash trenerlari va hakamlarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilish yo‘lga qo‘yiladi
18:14 / 16.12.2024
Surxondaryoning uchta tumanida zamonaviy turistik markazlar tashkil etiladi
11:18 / 27.11.2024
Milliy simfonik orkestri xodimlari maoshi oshiriladi
16:35 / 26.11.2024