Disney’ning 21st Century Fox aktivlarini 71 mlrd dollarga sotib olinishi ma'qullandi
The Walt Disney Company va 21st Century Fox aksiyadorlari Disney tomonidan Fox aktivlarining sotib olinishini ma'qullashdi. Bu haqda CNBC telekanali ma'lum qildi.
Bitim qiymati 71,3 mlrd dollarni tashkil qiladi.
Bitim yopilgandan keyin yangi New Fox kompaniyasi tashkil etiladi. U Fox Broadcasting Co kompaniyasini, Fox TV hududiy telestansiyalari hamda Fox Sports va Fox News kabel kanallarini birlashtiradi.
Avvvalroq AQShning Comcast kompaniyasi Fox uchun Disney bilan kurashishdan voz kechib, e'tiborini Britaniyaning Sky telekommunikatsiya kompaniyasini sotib olishga qaratishini ma'lum qilgandi.
Disney va Comcast o‘rtasida 21st Century Fox aktivlarini sotib olish uchun raqobat 2017 yilda boshlangan. Dekabrda Disney Fox aktivlarini 52,4 mlrd dollarga aksiyalar bilan sotib olishga tayyorligini bildirgan. Joriy yil iyunda esa Comcast Fox uchun 65 mlrd dollar naqd pul to‘lashga tayyorligini ma'lum qilgan. Oxir-oqibat Disney vakillari Fox uchun narxni 71,3 mlrd dollargacha oshirishgan.
Mavzuga oid
23:34 / 26.11.2024
Disney ayol xodimlariga erkaklardan kamroq maosh bergani sabab 43,3 mln dollar tovon to‘laydi
20:02 / 31.10.2024
Ishdan bo‘shatilgan xodim yashirin ravishda Disney restoranlaridagi menyularni o‘zgartirib qo‘ydi
20:30 / 13.11.2020
Disney 1980 yildan beri ilk bor yilni zarar bilan yakunladi
20:41 / 19.05.2020