Sport | 09:40 / 28.07.2018
5483
2 daqiqa o‘qiladi

«Lokomotiv» qatorasiga ikkinchi marta Rossiya superkubogi uchun o‘yinni boy berdi

Foto Aleksandr FeDOROV, "SE"

Quyi Novgorod shahrida Rossiya superkubogi uchun bo‘lib o‘tgan bahsda  «Lokomotiv» va TsSKA jamoalari o‘zaro kurash olib borishdi. Uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmagach, qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat qilindi.

Moskvaning ikki jamoasi o‘rtasida kechgan o‘yin taqdirini 106-daqiqada harbiylar yarimhimoyachisi Xetag Xosonov tomonidan kiritilgan gol hal qildi.

Shu tariqa, TsSKA 7-marta Rossiya superkubogini qo‘lga kiritib, bu boradagi yaqqol rekordini yanada mustahkamladi. Bu – moskvaliklar bosh murabbiyi Viktor Goncharenkoning Rossiyada qo‘lga kiritgan ilk sovrini bo‘ldi. U avvalroq TsSKAga ikki marta Rossiya chempionatining kumush medallarini olib bergandi.

«Lokomotiv» esa qatorasiga ikkinchi yil superkubok bahsini boy bermoqda. O‘tgan yili «temiryo‘lchilar» «Spartak»ga qarshi kechgan bahsda ham kubokdan mahrum bo‘lishgandi.

Qayd etish joiz, o‘yinda o‘zbekistonlik Vitaliy Denisov «Lokomotiv» zaxirasida qoldirildi.

27 iyul. Rossiya superkubogi - 2018
Lokomotiv – TsSKA 0:1

Gol: 0:1 – 106 Xosonov.
Lokomotiv – Gilerme, Ribus, Kverkveliya, Chorluka (Idovu, 90), Ignatev, Fernandesh (Jyemaletdinov, 70), Barinov, Miranchuk, Miranchuk, Denisov (Tarasov, 105), Eder (Farfan, 90).
TsSKA – Akinfeyev, Nababkin (Xosonov, 67), Chernov, Fernandes, Rodrigo Bekao, Zagoyev (Shennikov, 13), Bistrovich, Yefremov (Biyol, 81), Magnusson, Vitino (Jamaletdinov, 117), Chalov.
Ogohlantirish: Bistrovich (57), Chernov (66).
Chetlatish: Kverkveliya (113).

Eng so‘nggi futbol yangiliklarni Tribuna.uz'ning Telegram-kanalida kuzatib boring.

Mavzuga oid