Jahon | 00:46 / 29.07.2018
5717
1 daqiqa o‘qiladi

Kataloniyaning sobiq rahbari Karles Puchdemon Belgiyaga qayta oldi

Kataloniyaning sobiq rahbari Karles Puchdemonning Ispaniyaga topshirilishi ishi yopilgandan so‘ng u Germaniyani tark eta oldi. Bu haqda Bel-RTL radiostansiyasi ma'lum qildi.  

Ta'kidlanishicha, Puchdemonga Germaniyani tark etishga ruxsat berilgach, u 2017 yil oktabrda Kataloniya mustaqilligini e'lon qilishga muvaffaqiyatsiz urinishdan keyin siyosiy boshpana olgan Belgiyaga qaytdi.

Puchdemon Gamburgdan Bryusselga uchib ketgan. Belgiyada uni safdoshlari, jumladan Belgiyaga ushbu munosabat bilan kelgan, Kataloniyaning yangi rahbari Kim Torra kutib olgan.

Puchdemon Belgiyaga kelgach, jurnalistlarga Kataloniya mustaqilligi bo‘yicha xalq istagi uchun kurashni va Ispaniyada noqonuniy qamoqqa olingan kataloniyalik siyosatchilarni ozod qilish bo‘yicha ishni davom ettirishini ma'lum qilgan.

Mavzuga oid