Norvegiyalik Olimpiya chempioni gidrosiklda avariyaga uchrab halok bo‘ldi
Norvegiyalik chang‘ichi, 38 yoshli yoshli Vibeke Skofterud Norvegiya orollaridan biri sohillarida jonsiz holda topilgan. Politsiyaning taxminicha, chang‘i sporti bo‘yicha Olimpiya chempioni gidrosiklda uchish vaqtida halokatga uchragan.
Skofterud 28 iyulda yo‘qolib qolgan. U gidrosiklda uchishga ketib, qaytib kelmagan. Sportchi jasadi yonida gidrosikl aniqlangan. Avariyaga nima sabab bo‘lgani hozircha noma'lumligicha qolmoqda. Politsiya voqeani tergov qilmoqda.
Skofterud 2010 yilgi Vankuver Olimpiadasida estafeta poygasida g‘olib bo‘lgan. Bundan tashqari, sportchi rolikli chang‘ilarda poygalar bo‘yicha 5 karra jahon chempioni bo‘lgan.
Skofterud faoliyatini 2015 yilda yakunlagan.
Mavzuga oid
23:09 / 25.12.2024
Norvegiyada poyezdlar harakati butunlay to‘xtatildi
14:00 / 17.12.2024
Norvegiya Ukraina HDKga 230 mln yevrolik yordam o‘tkazadi
10:26 / 05.12.2024
Norvegiya neft jamg‘armasi Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun RF aktivlarini sotadi
19:45 / 22.11.2024