Qozog‘istonda sobiq bankir qotillik uyushtirishda gumonlanmoqda
Qozog‘iston bosh prokuraturasi BTA bankining sobiq rahbari Muxtor Ablyazovni 2004 yilda biznes hamkori Yerjan Tatishevga nisbatan qasddan qotillik uyushtirishda gumon qilmoqda, deb xabar berdi bosh prokuratura matbuot xizmati.
Tatishev 2004 yilda boshiga o‘q tegishi natijasida halok bo‘lgan. Sud 2007 yil sentabrda ehtiyotsizlik oqibatida o‘limga sababchi bo‘lgani uchun biznesmen Murotxon Tokmadini bir yilga ozodlikdan mahrum qilgandi. 2017 yilda Tokmadi Muxtor Ablyazovning buyurtmasi bilan Tatishevni qasddan o‘ldirganini, evaziga bank ustidan nazoratni qo‘lga kiritganini tan olgandi.
2017 yil iyunda Olmaota tumanlararo maxsus sudi Ablyazovni jinoiy uyushma tuzish va BTA banki mablag‘larini o‘g‘irlashda aybdor deb topgan, u mol-mulki musodara qilinib, 20 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi. Sud uzoq yillardan buyon xorijda yashayotgan Ablyazov ishtirokisiz o‘tgan. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy byuroning ma'lumotlariga ko‘ra, uning davlatga yetkazgan zarari 7,5 milliard dollardan ortiqroqni tashkil etadi.
Mavzuga oid
16:55
Qozog‘istondan O‘zbekistonga neft mahsulotlari tashiladigan maxfiy tunnel topildi
22:27 / 25.12.2024
Mustaqil Qozog‘iston tarixidagi eng yirik aviahalokatlar sanab o‘tildi
21:32 / 25.12.2024
Azerbaijan Airlines samolyotining Qozog‘istondagi halokatida 38 kishi vafot etdi
23:10 / 23.12.2024