Jamiyat | 14:51 / 31.07.2018
161718
7 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Yuzdagi pigment dog‘lar – samarali yechim mavjud!

Foto: Biokon

Pigment dog‘lari bu inson tanasida to‘qlashgan dog‘ yoki tangachalar ko‘rinishidagi teri qismlaridir. Melanin pigmentini biz soch, teri, ko‘zning shaffof qavati va boshqa to‘qimalarida ko‘rishimiz mumkin. Giperpigmentatsiya esa ko‘p miqdordagi xollar, sepkillar va keng yoyilgan mallarang katta dog‘lar ko‘rinishida yuzaga keladi. Ko‘pincha ayollar bu kabi pigment dog‘laridan xalos bo‘lishni istashadi. Ammo bu pigment dog‘lar nafaqat ayollarda paydo bo‘ladi, balki ular kuchli jins vakillarini ham chetlab o‘tmaydi. Silliq va ko‘rkam husnga dog‘larning soya solishi juda ham achinarli holat. Xalq tabobati adabiyotlariga ko‘ra, bu kabi dog‘lar quyoshning ultrabinafsha nurlanishi ta'sirida paydo bo‘lishi aniqlangan. Ammo zamonaviy tibbiyot tadqiqotlari jarayonida giperpigmentatsiyaning ultrabinafsha nurlaridan tashqari ayrim sabablari ham aniqlangan.

Foto: Biokon

Pigment dog‘lari paydo bo‘lishining sabablari

Terining rangi uchta pigmentning uyg‘unligiga bog‘liq: karotin, melanin va gemoglobin. Karotin teriga sarg‘ish rang beradi. Gemoglobin pushti rang uchun mas'uldir. Shuning uchun ham, gemoglobin darajasi yuqori bo‘lgan insonlarning yonoqlari qizg‘ish tusda bo‘ladi. Agar gemoglobin darajasi past bo‘lsa, yuz va tanadagi teri rangi oqish tusda bo‘ladi. Melanin – to‘q (mallarang) pigment hisoblanadi va teri rangiga mas'ul pigmentdir. Qaysi rangda tug‘ilishingiz melanin miqdoriga bog‘liq.

Pigmentlarning tanada paydo bo‘lishi haqidagi faktlar

Ultrabinafsha. Quyosh nuri orqali tanaga tushgan tabiiy ultrabinafsha nurlari solariyaga tashrif buyurish natijasida olingan sun'iy ultrabinafsha nurlari bilan bir xilda zararli hisoblanadi.

Gormonal yetishmovchilik. Ayollarda garmonal muvozanatni buzilishi homiladorlik va tug‘ruqdan so‘ng ko‘krak suti bilan oziqlantirish davrida, og‘iz kontratseptivlarini qabul qilish va menopoz natijasida sodir bo‘ladi. Gormonal nomutanosiblikning yana bir sabablaridan biri qalqonsimon bezning buzilishi bo‘lishi mumkin.

Ichki organlar kasalliklari. Ovqat hazm qilish tizimi va jigar disfunksiyasi odatda teriga aks etadi. Burun-lab uchburchak ichidagi pigment dog‘lar (chin yoki yuqori lab ustida) oshqozon, oshqozon osti bezi yoki qizilo‘ngach bilan bog‘liq muammolarni bildiradi. Oshqozon-ichak trakti va jigar kasalliklari (gepatit A) muammosidan tashqari, giperpigmentatsiya sababi o‘t pufagi kasalligi bo‘lishi mumkin.

Vitaminlar va minerallarning yetishmasligi. Foliy kislotasi va vitamin S yetishmasligi terining giperpigmentatsiyasiga sababchi bo‘ladi.

Teri shikastlanishi va noto‘g‘ri parvarish. Ultrabinafsha radiatsiyasiga teri sezgirligini oshishi past sifatli kosmetika mahsulotlaridan foydalanish natijasida kelib chiqadi. Kichik jarohatlar (skrablarni noto‘g‘ri ishlatish, qo‘pol piling, husnbuzarlarni siqish) jarohat hududlarida melanin konsentratsiyasiga olib kelishi mumkin.

Genetika. Ko‘pincha tug‘ma belgilar tug‘ilgan paytdan boshlab tanada mavjud bo‘ladi. Qizil sochli odamlar ko‘proq frekelslarga ega bo‘ladi.

Yosh. 40-50 yoshdan so‘ng tanada senil pigmentli dog‘lari paydo bo‘ladi.

Giperpigmentatsiya bilan kurashish

Sog‘liq haqida g‘amxo‘rlik qilishni kasallik paydo bo‘lishidan oldin boshlash kerak. Pigmentatsiyadan xalos bo‘lishning bir necha turlari mavjud: ularning biri xalq tabobati natijasi bo‘lsa, ikkinchisi kosmetik va tibbiy vositalardir. Hozirgi kunda teri muammolari bo‘yicha Ukraina mutaxassislari tomonidan ishlab chiqarilgan BIOKON “Belosnejka” kremi bugungi kunda O‘zbekiston bozorida ham ko‘pgina insonlarni pigment dog‘laridan xalos etishga ko‘maklashib kelmoqda. Bu preparat ayollar orasida keng tarqalgani kabi, erkaklar ham bu vositaning samarasini o‘z tajribasida sinab ko‘rishmoqda. Bundan tashqari, ba'zi pigment dog‘lari paydo bo‘lishiga moyil insonlar ham bu preparatni dog‘ paydo bo‘lishining oldini olish maqsadida qo‘llashmoqda.

 

Foto: Biokon

BIOKON “Belosnejka” - Terini yorqinlashtiruvchi kunduzgi krem

Terini yorqinlashtiruvchi va himoya qiluvchi kuchli ta'sirli kunduzgi krem teri yorqinlashuvining zamonaviy yechimidir. Uning tarkibidagi dorivor o‘simliklar va C vitamini terining to‘q pigmenti shakllantirishni oldini oladi. Samarali ultra-binafsha filtrlari (SPF-20) terini ultra-binafsha nurlaridan himoya qiladi va terida har xil to‘q dog‘lar va sepkillarning paydo bo‘lishini oldini oladi. Terining optik va yordamchi yoritilishi oq nilufar, miyori (glycyrrizin) ekstrakti ta'siri tufayli hosil bo‘ladi.

Foto: Biokon

Natijasi:

Krem pigmentli dog‘lar va sepkillarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, terining rangini bir tekisda yorqinlashtiradi va yaxshilaydi, terining erta qarishini oldini oladi.

Foto: Biokon

Hozirgi yozgi va quyoshli kunlarda juda qo‘l keladigan BIOKON “Belosnejka” mahsuloti bo‘yicha ma'lumotni ushbu preparatning rasmiy dilleri veb-sahifasidan ham olishingiz va mahsulot uchun buyurtma berishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid