Apple mutlaq rekord o‘rnatdi – kompaniya narxi trillion dollarga yetdi
Amerikaning Apple korporatsiyasi narxi bir trillion dollarga yetdi. Bu Nasdaq savdolari ma'lumotida aks etdi.
MarketWatch’ning yozishicha, kompaniyaning bir dona aksiyasi qiymati rekord o‘rnatish uchun zarur bo‘lgan 207,04 dollarga yetdi. Shu tarzda Apple Xitoyning PetroChina neft-gaz kompaniyasi 2007 yil noyabrda o‘rnatgan rekordni takrorladi. O‘shanda Xitoy kompaniyasi neft narxlari tushib ketganligi bois o‘z mavqeini uzoq vaqt saqlab qololmagandi.
Apple — kapitalizatsiyasi bir trillion dollarga yetgan ilk AQSh kompaniyasi bo‘ldi.
Kompaniya narxi yarim yillik natijalari bo‘yicha muvaffaqiyatli hisobot tufayli o‘sdi – Apple daromadi tahlilichilarning taxminlaridan ko‘ra ortiqroq bo‘ldi.
Mavzuga oid
00:31
Apple o‘zining onlayn do‘konidan mustaqil OAV ilovalarini o‘chirib tashlayotganiga izoh berdi
00:31 / 18.12.2024
Kongo Appleʼni noqonuniy qazib olinayotgan minerallardan foydalanishda aybladi
20:50 / 16.12.2024
Apple yupqa iPhone va buklama qurilmalarni chiqaradi – OAV
19:56 / 13.12.2024