O‘zbekiston | 10:10 / 02.08.2018
16716
3 daqiqa o‘qiladi

Imtihonlarning ikkinchi kuni. Yana 595 nafar abituriyent kechikdi, 23 abituriyent shpargalkalar bilan ushlanib chetlatildi

Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduxakimov Feysbukdagi sahifasida test sinovlarining ikkinchi kuni boshlangani haqida ma'lumot berdi.

Test sinovlarining ikkinchi kuni boshlandi. Barcha mutasaddi raxbarlar va ma'sullar o‘ziga yuklatilgan vazifalarni o‘ziga biriktirilgan hududlarda bajarmoqda.

Test jarayonlarini onlayn kuzatish uchun qo‘yilgan kamera va monitorlar ishlamoqda. Test sinovlari UzdigitalTV va mahalliy telekanallar orqali hamda test2018.uz Internet saytida onlayn ko‘rinishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoritilmoqda.

Foto: Facebook/Aziz Abduhakimov

Test sinovlari barcha oliy ta'lim muassasalarida bir vaqtda, soat 8:00dan boshlandi. Test sinovlarida 17ta oliy ta'lim muassasalarining 31ta ta'lim yo‘nalishida 29 ming 532 nafar abituriyent ishtirok etmoqda.

Tezkor ma'lumotlarga ko‘ra 595 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlariga kelmadi.

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 23 nafar abituriyent hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga uringanligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.

Test sinovlarini o‘tkazishga ta'lim muassasalaridan test sinovlari o‘tkazish tartib-qoidalari va texnologiyasi bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan 2 ming 444 nafar guruh nazoratchilari jalb etildi.

Foto: Facebook/Aziz Abduhakimov
Foto: Facebook/Aziz Abduhakimov

Test sinovlari o‘tkaziladigan 57ta binoda yong‘in va xavfsizlik choralari ko‘rildi.

Abituriyentlar uchun test sinovlari o‘tkaziladigan barcha auditoriyalarda ichimlik suvi tashkil etilgan.

Har bir test sinovlari o‘tadigan binoda tibbiyot xodimlarining navbatchiligi tashkil etilgan.

Ichki ishlar tizimidan 4 963 ta shaxsiy tarkib xodimlari, 1206 ta aloqa vositalari, 694 ta metallodetektorlar, 289 ta transport vositalari test sinovlari jarayoni xavfsiz o‘tishiga jalb qilingan.

Foto: Facebook/Aziz Abduhakimov

Barcha test sinovlari o‘tadigan binolarda 1-smenada test sinovlari soat 11:00da yakunlanadi. 2-smena 15.00da boshlanadi.

Shu kunning o‘zida test sinovlari natijalari Davlat feldʼegerlik xizmati tomonidan maxfiyligi va daxlsizligini ta'minlagan holda Davlat test markaziga qaytariladi.

Test jarayonlariga oid fikrlar, mulohazalar va adolatsizliklar haqida fakt va dalillaringiz bo‘lsa, unda darhol Davlat test markazining +99895 1991914 raqamli Ishonch telefoniga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Barcha abituriyentlarga test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tishida OMAD TILAYMIZ!

Mavzuga oid