O‘zbekiston | 14:10 / 02.08.2018
8858
2 daqiqa o‘qiladi

Mayda qarzdorlar uchun jarimalar kamaytirilishi mumkin

Qarz summasiga qarab jarimalarning turli miqdorlarini belgilab, MJTKning 198-1-moddasiga o‘zgartirish kiritishni taklif etmoqdalar. Majburiy ijro byurosi tomonidan tegishli tuzatishlar ishlab chiqilgan, deb yozmoqda Norma.
  
Ayni paytda qarzdorning ijro hujjatini ijro etmaganligi uchun ma'muriy jarima fuqarolarga EKIHning 5 baravaridan 10 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa EKIHning 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorni tashkil etadi.
 
Loyihada jarimalarning yangi tizimi taklif etilgan. Unda sanksiya miqdori ijro hujjati bo‘yicha undirilishi lozim bo‘lgan summaga bog‘liq. 10 EKIHni «chegara» summasi sifatida belgilash taklif etilgan, material e'lon qilingan sanada u 1 843 000 so‘mni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunning 7-moddasida ko‘rsatilgan 11 turdagi hujjat ijro hujjati hisoblanadi. Ijro hujjatidagi talablarni ixtiyoriy ravishda ijro etish muddati ijro ishi qo‘zg‘atilgan kundan boshlab 15 kundan, jarima tarzida jinoiy jazoga hukm qilinganlar uchun esa hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab 1 oydan (18 yoshga to‘lmay jinoyat sodir etgan shaxslar uchun – 6 oydan) oshmasligi kerak.
 
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

Mavzuga oid