O‘zbekiston | 16:39 / 03.08.2018
9783
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda yashovchi shaxs «Samarqand burg‘u asbobi»ning 35 foiz aksiyasi egasiga aylandi

Foto: Dreamstime

AQShda yashovchi shaxs «Samarqand burg‘u asbobi» AJning 35 foiz aksiyalari egasiga aylandi. Bundan «Toshkent» fond birjasi ma'lumotlari darak beryapti.

E'lon qilingan ma'lumotlarga ko‘ra, Binyaminov Albert kompaniyaning 107 634 dona aksiyasi egasiga aylandi va shu tariqa kompaniyaning affilyatsiyalangan shaxslari ro‘yxatiga kirdi. Kelishuv yanvar oyida yopilgan.

So‘nggi e'lon qilingan jiddiy faktda kompaniyaning ko‘rsatishicha, Binyaminov Albert to‘qqizinchi shaxsga aylandi, u yaqin qarindoshlari bilan birga jamiyatning 20 va undan ko‘p foiziga egalik qiladi. 

Mavzuga oid