Jahon | 11:10 / 03.08.2018
27595
2 daqiqa o‘qiladi

MARdagi qotillikning yangi tafsiloti paydo bo‘ldi - jurnalistlar qotillar bilan bir tilda gaplashgan

Foto: The Insider

Markaziy Afrika Respublikasida rossiyalik jurnalistlar O‘rxon Jamol, Aleksandr Rastorguyev va Kirill Radchenkoning halok bo‘lishi bo‘yicha yangi tafsilotlar ma'lum bo‘ldi.

Hujumdan omon qolgan haydovchiga asoslanib mahalliy Sorbeau news nashri xabar tarqatishicha, hujum qiluvchilar marhumlar bilan bir tilda so‘zlashishgan.

Haydovchining qayd etishicha, qotillar na fransuz tilida va na sango tilida (Markaziy Afrika Respublikasining rasmiy davlat tili) gapirgandi.

Haydovchining so‘zlariga ko‘ra, hujum qilganlarning yuzlari kapyushonlar bilan to‘silgandi.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, rossiyalik jurnalistlarning qotillari mahalliy qurolli guruhlarga mansub emasdi.

Shu vaqtda Palmarescentrafrique.com sayti o‘z manbalariga asoslangan holda jurnalistlar yo‘lda to‘xtatilib, keyin olib qochilgani va so‘roqdan keyin otib tashlangani haqida xabar bergandi. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, jurnalistlarni «Seleka» guruhi yetakchilaridan biri Nuriddin Adamning otryadi o‘g‘irlagan. Bu guruh jangarilari Sibut va Kaga-Bandoro o‘rtasida joylashgan Dekoa shahri atrofidagi hududlarni nazorat qiladi.

Dastlabki ma'lumotlarda hujumdan keyin omon qolgan haydovchi s'yomka guruhi yo‘lda tuzoqqa duch kelgani va voqea joyida halok bo‘lgani haqida ma'lumot bergandi.

«Tsentra upravleniya rassledovaniyami» medialoyihasi bosh muharriri Andrey Konyaxin ushbu guruh Markaziy Afrika Respublikasiga asosan rus yollanma harbiylaridan tarkib topgan «Vagner» guruhi haqida hujjatli film olish uchun borganini aytgandi.

Taniqli bloger va jurnalist Viktor Shenderovich o‘z blogida ushbu jurnalistlar Kremlga yaqin bo‘lgan «Vagner» guruhi buyurmasiga ko‘ra yo‘q qilingani haqida yozib chiqqandi.

Mavzuga oid