Jahon | 11:22 / 03.08.2018
24848
2 daqiqa o‘qiladi

Sarmoyasiz zo‘r biznes nima?

Aynan mana shu savolga www.quora.com sayti foydalanuvchilari hayotiy misollar bilan original javoblar berishgan. Ular orasida George Tam ismli foydalanuvchi bergan javob o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi:

“Agar siz odamlar tomonidan odatda tashlab yuboriladigan narsani biror foydali va qiymatga ega buyumga aylantira olsangiz, ko‘p pul ishlaysiz. Jake McKeon ham aynan shuni amalga oshirdi. U Indoneziyaning Bali shahrida dam olayotganida ustiga rasm chizilgan kokos yong‘og‘i sotilayotganini ko‘rdi. Har yili milliardlab kokos yong‘oqlari yetishtiriladi, yong‘oq po‘stlog‘ining 99 foizi tashlab yoki yoqib yuboriladi. Shuning uchun unga yong‘oqlar ustki qismini silliqlab, idishlarga aylantirish fikri keldi. Uning shaxsiy 500 AQSh dollar mablag‘i evaziga boshlagan ishi million dollarlik biznesga aylanib ketdi. U yong‘oq po‘stloqlarining har birini bepul oldi va 100 ming donadan ortiq kokos yong‘og‘i po‘stlog‘ining har bir donasini 12,95 AQSh dollaridan sotdi. U hatto Shark Tank Shark Tank (Australia) televizion shousida ham ishtirok etdi hamda investitsiya sifatida 300 ming AQSh dollariga ham ega bo‘ldi. Mana bunga nima deysiz?”.

Foto: quora.com
Foto: quora.com
Foto: quora.com

Nima ham derdik, ishbilarmonlik qobiliyatiga ega odam qalovini topib, qorni yondira olishiga yana bir bor guvoh bo‘ldik. Qoyil!

Mavzuga oid