Dehqon va fermer xo‘jaliklarining yer resurslari hamda infratuzilma obektlari ta'minotini soddalashtirish taklif etildi
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida dehqon va fermer xo‘jaliklarining yer resurslari va infratuzilma obektlari ta'minotini soddalashtirish haqida petitsiya e'lon qilindi.
Barchamizga ma'lumki, qishloqda istiqomat qiluvchi aholini ish bilan ta'minlash va ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini shakllantirish masalasi bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lib kelmoqda, deyiladi murojaatda.
Qayd etilishicha, ajratilgan har bir gektarga fermer kamida 2 ta ishchi va 1 suvchini ishga qabul qilsa, 20 ga yer maydonida 60 kishi faoliyat yurgizishi lozim bo‘ladi. O‘z navbatida, ishchilarga ma'muriy bino, oshxona, o‘g‘itlarni va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini saqlab turish uchun zarur bo‘lgan binolar va qishloq xo‘jalik texnika va uskunalari uchun shiyponlarni qurish lozim bo‘ladi. Ammo hozirgi yer qonunchiligida belgilangan qoidalarda ushbu yuqorida qayd etilgan maqsadlarni qanday qilib amalga oshirish belgilanmaganligi muammolarni tug‘dirmoqda. Yoki dala shiyponi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash omborxonalari qurilishi uchun yer maydonlari sug‘oriladigan va ekin yerlariga daxl qilmaydigan, qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yerlardan yoki qishloq xo‘jaligi uchun yaroqsiz yerlardan ajratilib berilishi amaliyoti mavjud.
“Shu munosabat bilan, fermerlarga ajratilgan sug‘oriladigan yer uchastkalarida 0,5 gektardan oshmaydigan yer maydonida zarur bo‘lgan dala shiyponi, meva-sabzavotlar mahsulotlarini saqlash, ularni qadoqlash, mineral o‘g‘itlar saqlash binolarini va omborxonalarni, xo‘jalik binolarini, tomchilab sug‘orish moslamalarni qurish huquqini berish bo‘yicha qoidani yer qonunchiligiga kiritishni taklif qilamiz”, - deya yakunlanadi petitsiya.
Mavzuga oid
17:36 / 16.12.2024
Qishga saqlangan uzumlar
10:03 / 02.09.2024
“Xalq nazorati” portali orqali qilingan murojaatlar soni 45 mingdan oshdi
17:55 / 28.08.2024
Ko‘p kvartirali uylarning boshqaruvchilari sudga murojaat qilganda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi
08:34 / 16.05.2024