Sport | 22:00 / 05.08.2018
21477
2 daqiqa o‘qiladi

Blatter Qatar JCh-2022 mezbonligini firibgarlik bilan qo‘lga kiritgani haqida aytdi

FIFAning sobiq prezidenti Yozef Blatter ma'lum qildiki, 2022 yilgi jahon chempionati mezbonini aniqlash bo‘yicha ijro qo‘mitasi uning Qatar turnirga mezbonlik qilishga layoqatli emasligi haqidagi tavsiyalarini e'tiborsiz qoldirgandi.

Ayni vaqtda 82 yoshda bo‘lgan shveysariyalik sobiq amaldorning aytishicha, Qatarning g‘alabasi noqonuniy kelishuvlar va ijroiya qo‘mita a'zosi Mishel Platiniga o‘tkazilgan siyosiy bosimlar natijasidir.

2015 yilda korruptsion mojaro tufayli futboldan umrbod chetlatilgan Yozef Blatter o‘zining Ma Vérité (Mening haqiqatim) nomli kitobida ijroiya qo‘mita a'zolari mundial mezbonligiga da'vogar mamlakatlarning hisobotlarini ochib o‘qimagani, chunki ular kimga ovoz berishlari kerakligi oldindan ma'lum bo‘lgani haqida yozadi.

«Agar biz bu hisobotlarni sinchiklab o‘rgansak, jahon chempionati Qatarda o‘tkazilmasligi kerakligini bilamiz.

Men Qatarning Fransiya aviatsiyasiga milliardlab yevro kiritishi va «PSJ» klubi sotib olinishi bilan JCh-2022 mezbonligi qo‘lga kiritilishi o‘rtasida bog‘liqlik bormi, yo‘qmi, undan keyin nima bo‘lgan, buni bilmayman va bilishni ham istamayman», – deya yozadi Blatter o‘z kitobida.

Mavzuga oid