O‘zbekiston | 08:06 / 06.08.2018
16849
2 daqiqa o‘qiladi

5 avgust kuni 292 nafar abituriyent testdan chetlashtirilgan, 1443 nafar abituriyent kelmagan

Foto: Facebook/Aziz Abduhakimov

Test sinovlarining beshinchi kuni respublikadagi 18ta oliy ta'lim muassasalarida test jarayonlari bir vaqtda 1-smenada 8.00dan boshlanib, 11.30ga qadar va 2-smenada 15:00dan boshlanib, 18:30ga qadar to‘liq yakunlandi.

Ichki ishlar tizimidan 4 963 shaxsiy tarkib xodimi, 1206ta aloqa vositalari, 694ta metallodetektorlar, 289ta transport vositalari test sinovlari jarayoni xavfsiz o‘tishiga jalb qilindi.

Test sinovlarini o‘tkazishga ta'lim muassasalaridan test sinovlari o‘tkazish tartib-qoidalari va texnologiyasi bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan 2 ming 404 nafar guruh nazoratchilari jalb etildi.

Test sinovlarida 18ta oliy ta'lim muassasalarining 98ta ta'lim yo‘nalishida 57 ming 728 nafar abituriyent ishtirok etdi, turli sabablarga ko‘ra 1443 nafar abituriyent test sinovlariga kelmadi.

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 292 nafar abituriyent, shundan 161 nafari hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga va o‘zgani o‘rniga kirishga uringanligi uchun, 131 nafari bino ichida shpargalkadan foydalanishga va boshqa abituriyentlarga yordam berishga uringanligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.

5 avgust test natijalari 6 avgust kuni kunning ikkinchi yarmida Davlat test markazining dtm.uz saytida e'lon qilinadi.

Mavzuga oid