O‘zbekiston | 09:48 / 06.08.2018
8085
2 daqiqa o‘qiladi

Temir yo‘l transporti kommunikatsiyalari va infratuzilmani rivojlantirish uchun 8 mlrd dollardan ortiq mablag‘ yo‘naltirilgan

Foto: UzA

Temir yo‘l transporti kommunikatsiyalari va infratuzilmani rivojlantirish uchun 8 milliard dollardan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi, shundan 2,6 milliard dollari xorijiy investitsiyalardir. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati jamoasiga tabrigida aytiladi.

Ta'kidlanishicha, «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati tashkil etilgan kundan buyon yuk tashish hajmi 2,1 marta, yo‘lovchi tashish hajmi 2 barobar ko‘paygan, temir yo‘llar orqali 1,5 milliard tonna yuk tashilib, 370 million nafar yo‘lovchi o‘z manziliga yetkazilgan.

Hozirgi vaqtda mamlakat bo‘yicha yuklarning 60 foizdan ziyodi, yo‘lovchilarning esa 75 foizdan ortig‘i temir yo‘l transporti orqali manzillariga yetkazilmoqda. 

Temiryo‘lchilar tomonidan mustaqillik yillarida 1500 kilometrdan ortiq yangi temir yo‘llar barpo etilgan, 1800 kilometrlik temir yo‘l liniyalari elektrlashtirilgan.

Ta'kidlanishicha, bugungi kunda mamlakatda jahon standartlari talablariga javob beradigan 16ta yangi temir yo‘l vokzali qurildi, 10ta vokzal qayta qurildi va deyarli barcha stansiyalar xalqaro sifat standartlari talablari darajasidagi yuqori texnologiyalar bilan jihozlandi.

Mavzuga oid