Sharlotsvillda tartibsizliklar yuz berganidan bir yil o‘tib yana favqulodda holat rejimi e'lon qilindi
AQShda Virjiniya shtati hukumati 10-12 avgust kunlari Sharlotsvillda favqulodda holat e'lon qildi, bu ommaviy tartibsizliklar yuz berganiga bir yil to‘lishi munosabati bilan qilindi.
Bu haqda gubernator Ralf Nortemning bayonotida aytiladi.
«E'lon qilingan favqulodda holat rejimi hukumat tuzilmalariga Virjiniya aholisiga zarur yordam ko‘rsatishni ta'minlash maqsadida oddiy amaliyotlardan tashqari ishlashga imkon beradigan ma'muriy vosita», - deyiladi bayonotda.
AQShning Sharlotsvill shtatida 2017 yil yuz bergan norozilik namoyishlari davomidagi to‘qnashuvlar natijasida bir kishi halok bo‘ldi, 35 inson jarohat oldi.
Bir kishi norozilik namoyishi ishtirokchilari ustiga avtomobil haydab borilishi oqibatida halok bo‘ldi. Haydovchi qo‘lga olingan.
To‘qnashuvlar millatchilar guruhi va ularning raqiblari o‘rtasida sodir bo‘ldi.
Mavzuga oid
19:00 / 25.12.2024
“Matritsa”ning buzilishi va tarixiy order
18:52 / 25.12.2024
Tramp o‘lim jazosini qo‘llashda qat’iyat bilan davom etishini aytdi
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024