Qozog‘iston: Kaspiyda AQSh harbiy bazalarini joylashtirish masalasi yo‘q
Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdrahmanovning ma'lum qilishicha, Kaspiy dengizida AQSh harbiy bazalarini joylashtirish rejalashtirilayotgani yo‘q. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.
«Gap Qozog‘iston hududi orqali Afg‘oniston hukumatini qo‘llab-quvvatlash maqsadidagi xalqaro hamjamiyat amaliyotlari uchun juda kerakli bo‘lgan o‘limga olib kelmaydigan yuklarning tijorat ko‘rinishidagi temir yo‘l tranziti haqida ketmoqda. Ma'lumki, tranzit uchun nafaqat Qozog‘iston hududi, balki AQShdan Afg‘onistonga yetkazib berish yo‘nalishlarida joylashgan boshqa mamlakatlar ham jalb qilingan. Tabiiyki, Kaspiy dengizida harbiy bazalarni joylashtirish haqida gap ketayotgani yo‘q», - dedi Abdrahmanov.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, 2010 yilda AQSh bilan imzolangan tranzitni ta'minlash to‘g‘risidagi bitim Rossiya-Amerika kelishuvidagi o‘xshash bandlarni nazarda tutadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston Aktau va Kurik portlari bilan faqat nazorat punktlari ro‘yxatini to‘ldirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nazarboyev Kaspiy bo‘yicha «tarixiy qaror» haqida e'lon qilgandi.
Mavzuga oid
16:03
Oq boshli burgut rasman AQShning milliy qushiga aylandi
22:27 / 25.12.2024
Mustaqil Qozog‘iston tarixidagi eng yirik aviahalokatlar sanab o‘tildi
21:32 / 25.12.2024
Azerbaijan Airlines samolyotining Qozog‘istondagi halokatida 38 kishi vafot etdi
19:00 / 25.12.2024