Jahon | 11:44 / 11.08.2018
16135
1 daqiqa o‘qiladi

Sietl aeroportidan samolyotni olib qochib ketishdi

Aviakompaniya xodimi Sietl aeroporti hududidan samolyotni ruxsat olmasdan turib parvozga chiqardi. Bu haqda aeroportning tvitterdagi sahifasida xabar berilgan.

Foto: foxnews

«Aviakompaniya xodimi Sietl aeroportidan bortida yo‘lovchilar bo‘lmagan samolyotni ruxsat olmasdan turib parvozga chiqarib yubordi», - deyiladi xabarda.

Ta'kidlanishicha, layner Pyujyet ko‘rfazida pastga qulagan. Aeroport oddiy ish rejimiga qaytgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda samolyot Internetda sotuvga qo‘yilgandi. 

Mavzuga oid