Yildirim: AQShning Eron, Rossiya va Turkiyaga nisbatan dushmanlarcha munosabati o‘zini oqlamaydi
AQShning Vashington sanksiyalar joriy etayotgan mamlakatlarga nisbatan dushmanlarcha munosabati o‘zini oqlamaydi. Bu haqda Turkiya parlamenti raisi Binali Yildirim aytib o‘tdi.
"Yevrosiyoda joylashgan Eron, Rossiya, endilikda Turkiyaga nisbatan kundan-kunga rivojlanib borayotgan bunday dushmanlarcha munosabat davlatlarimizning yaqin hamkorligi va birdamligi oldida o‘zini oqlamaydi. AQShning yagona ittifoqchisi dollar hisoblanadi", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Anadolu.
Avvalroq Turkiya prezidentining rasmiy vakili Ibrohim Qalin Daily Sabah gazetasida "AQSh Turkiyadan ittifoqchi sifatida butunlay ayrilish xavfi ostida turganligini yozgandi. Juma kuni The New York Times gazetasida esa Erdo‘g‘anning maqolasi e'lon qilindi. U AQShning Turkiyaga nisbatan bir tomonlama harakatlari Amerika manfaatlariga putur yetkazayotganini va Anqarani yangi ittifoqchilar izlashga majbur qilayotganini yozdi.
Tramp Turkiyadan keltiriladigan po‘lat va alyuminiyga nisbatan boj to‘lovi ikki marta - 20% va 50%ga oshirilishini ma'lum qilganidan so‘ng ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashdi.
Munosabatlar sovuqlashishining yana bir sababi esa amerikalik pastor Endryu Branson bo‘lib, u 2016 yilning oktabridan buyon Turkiyada hibsda saqlanmoqda.
Mavzuga oid
21:04 / 22.12.2024
Turkiyada tibbiy vertolyot shifoxona binosiga urilib, qulab tushdi
11:37 / 22.12.2024
O‘g‘rilikda ayblanib 4 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi
20:38 / 20.12.2024
Erdo‘g‘an Suriya shimolidagi terrorchilarni zararsizlantirish vaqti kelganini aytdi
17:42 / 20.12.2024