Light | 18:59 / 14.08.2018
13776
2 daqiqa o‘qiladi

Hollywood – Amerika orzusi tarixi

Foto: Wikipedia

Los-Anjyeles tog‘laridagi barchaga ma'lum yozuv 1923 yilning yoz faslida paydo bo‘lgan. Dastlab jahon – Hollywoodland shaklini ko‘rgan. Uning kinematografiya bilan umumiy jihati mavjud emasdi.

Quruvchilar reklama qilgan turar-joy tumanlaridan biri shunday nomlangan. Biroq bu yerga sayyohlar tashrif buyurishni boshladi va Hollywoodland mashhurlikka ega bo‘ldi. Tog‘ qoyasiga harflarni o‘rnatish qurilish konserni egasi Garri Chandlerga 21ming dollarga aylandi.

Foto: Wikipedia

Kunning qorong‘i paytida u yaraqlardi. Kunduz kunlari esa 40 kilometr radiusda ko‘rinib turardi. Shartnoma bo‘yicha Hollywoodland tumani 1,5 yil davomida reklama qilinishi kerak edi. Biroq harflar ancha uzoq muddat davomida o‘z joyida qoldi.

1949 yilda konstruksiyadan «Land» qo‘shimchasi olib tashlanib, qayta ta'mirlandi. Bu paytga kelib, Gollivud Amerika ramzlaridan biriga aylanib ulgurgan, kinokartinalar ishlab chiqarishni anglatardi.

Foto: Wikipedia

AQSh ramzi borasidagi g‘amxo‘rlikni Gollivud Savdo palatasi o‘z zimmasiga oldi. 1978 yilda esa harflar to‘liq o‘zgartirildi, chunki eskilari yaroqsiz holga kelgandi.

Diqqatga sazovor bu joyning bugungi 15 ta oppoq harflardan iborat ko‘rinishi 1978 yilning oktabr oyida o‘rnatilgan. Harflar hajmi – balandligi - 15 metr, kengligi - 12 metr. Harflarni yasash uchun 27,5 ming dollar sarflangan.

Foto: Wikipedia

Bugungi kunda xususiy shaxslarning pul badallariga qayta ta'mirlanadi. Aytgancha, bir necha marta O harfi Ye ga o‘zgartirilgan.

Mavzuga oid