O‘zbekiston | 01:06 / 14.08.2018
108937
2 daqiqa o‘qiladi

Tungi klublar yopilmoqdami?

Ma'lumki, Bosh vazir A.Aripov raisligida 11 avgust kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida aholi tinchligini ta'minlash maqsadida alkogol mahsulotlari savdosi tungi soat 21:00 gacha, umumiy ovqatlanish shoxobchalarida 22:00 gacha sotilishi masalasi ko‘rib chiqilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda yig‘ilishda ko‘ngilochar maskanlarning tungi soat 23:00 gacha ishlashi masalasi ham ko‘rilgani muhokama bo‘lmoqda.

Internet tarmog‘ida ayrim manbalar poytaxt Toshkentdagi barcha tungi klublar yoppasiga yopilayotgani haqida xabarlar tarqatmoqda.

Kun.uz manbasining bildirishicha, xususan, poytaxtimiz Toshkentda umumiy ovqatlanish maskanlari va ko‘ngilochar maskanlar tungi soat 23:00 gacha o‘z ishini yakunlashi borasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda. 

Bunda tungi klublarni yoppasiga yopish haqida biror buyruq yoki ko‘rsatma berilmagan, shunchaki tundan tonggacha ishlashga o‘rgangan muassasalar ushbu tushuntirish ishlaridan to‘g‘ri xulosa chiqarib, o‘z ishlarini soat 23:00 da yakunlashmoqda.

Manbaning ta'kidlashicha, mazkur vaziyatni tartibga solish borasida Vazirlar Mahkamasining qarori ham ishlab chiqilmoqda va u yaqin kunlar ichida qabul qilinishi mumkin.

Mavzuga oid