Jahon | 20:49 / 15.08.2018
14751
1 daqiqa o‘qiladi

Qutqaruvchilar Moskva daryosidan cho‘kayotgan uch o‘zbekistonlikni qutqarib olishdi

Foto: 360.ru

Moskvada daryoda cho‘milayotib cho‘kib ketishiga bir bahya qolgan uch nafar O‘zbekiston fuqarosini qutqarib qolishdi, deb xabar berdi Moskva FVV boshqarmasi matbuot xizmati.

Ular suv yuzasida rezina matras, bolalar chambaragi va puflama timsohga osilib cho‘kib ketmaslikka urinishgan.

Cho‘kayotganlarni qidiruv-qutqaruv stansiyasidan 400 metr narida ko‘rib qolishgan. Ma'lum bo‘lishicha, uch erkak yarim shishirilgan bolalar puflama suzish vositalari yordamida cho‘milayotgan bo‘lishgan va cho‘ka boshlashgan. Vaxta kuzatuvchisi kutilmagan holatni ko‘rishi bilan qutqaruvchilarga xabar bergan va qutqaruvchilar katerda ularning oldiga yetib borishgan. Jabrlanganlar stansiyaga olib kelingan va ularga birinchi yordam ko‘rsatilgan.

Cho‘miluvchilar kasalxonaga yotishga ko‘nishmagan va suvda o‘zini tutish qoidalari bo‘yicha suhbatdan so‘ng ularga javob berilgan.

Mavzuga oid