Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi
Vazirlar Mahkamasining “Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i va uning tarkibiga kiruvchi Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi, Burchmulla va Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaliklari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari haqida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjatda qayd etilishicha, Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogi va uning tarkibiga kiruvchi Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi, Burchmulla va Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaliklari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2966-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimiga o‘tkazilgan.
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va Toshkent viloyati hokimligining Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i va uning tarkibiga kiruvchi Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi, Burchmulla va Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaliklari faoliyati va mavjud shtat birliklarini Toshkent viloyati mahalliy byudjyeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish haqidagi taklifi ma'qullandi.
Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, tabiat bog‘i hududidagi alohida ekologik, madaniy va estetik ahamiyatga ega bo‘lgan tabiiy obektlar va komplekslar tabiatni muhofaza qilish, rekreatsion, ilmiy va madaniy maqsadlarda saqlab qolish hamda ulardan foydalanish uchun mo‘ljallangan.
Tabiat bog‘i hududiga tegishli yer, suv, yer osti boyliklari, o‘simlik va hayvonot dunyosi, boshqa tabiat obektlari va komplekslar xo‘jalik yoki boshqa maqsadlarda foydalanishdan to‘liq yoki qisman olib qo‘yiladi va ulardan faqat unda belgilangan rejimga muvofiq foydalaniladi.
Tabiat bog‘i O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimidagi bo‘lgan davlat tabiatni muhofaza qilish muassasasi hisoblanadi.
Quyidagilar tabiat bog‘ining asosiy vazifalari hisoblanadi:
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimida (ekologik tarmoqda) O‘zbekiston Respublikasi hududidagi biologik va landshaft xilma-xilligini ta'minlash, ekologik muvozanatni saqlashda ishtirok etish;
rekreatsion, ilmiy va madaniy maqsadlarda tabiiy obektlar va komplekslardan oqilona va barqaror foydalanishni ta'minlash;
atrof tabiiy muhit monitoringini yuritish.
Tabiat bogi o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda kuyidagi funksiyalarni bajaradi:
a) muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimida (ekologik tarmoq) O‘zbekiston Respublikasi hududidagi biologik va landshaft xilma-xilligini ta'minlash, ekologik muvozanatni saqlashda ishtirok etish sohasida tabiat bog‘i hududida:
tabiiy obektlar va komplekslar, tarixiy-madaniy merosni saqlash rejimini ta'minlaydi;
tabiiy obektlar va komplekslar, jumladan, noyob va yo‘qolib borayotgan o‘simlik va hayvonlar turlarini qo‘riqlash, takror ko‘paytirish va himoya qilish ishlarini tashkil etadi;
yuridik va jismoniy shaxslarning tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik talablari, tabiatdan foydalanishga doir normalar va qoidalarga rioya etilishini nazorat qiladi;
buzilgan tabiiy obektlar va komplekslarni qayta tiklaydi; ekologik-ma'rifiy faoliyatni amalga oshiradi, aholi o‘rtasida ekologik ta'lim-tarbiya ishlariga ko‘maklashadi;
b) rekreatsion, ilmiy va madaniy maqsadlarda tabiiy obektlar va komplekslardan oqilona va barqaror foydalanishni ta'minlash sohasida tabiat bog‘i hududida:
rekreatsiya, jumladan, ekologik turizm uchun sharoitlar yaratadi; tabiatni muhofaza qilish va tabiatdan barqaror foydalanish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazilishi, ilmiy kadrlar, mutaxassislarni tayyorlashga ko‘maklashadi;
xo‘jalik sub'yektlariga tabiiy obektlar va komplekslardan barqaror, oqilona va maqsadli foydalanishga ko‘maklashadi;
tabiiy obektlar va komplekslarni saqlash sohasida ilmiy faoliyatni amalga oshiradi;
v) atrof tabiiy muhit monitoringini yuritish sohasida:
tabiat bog‘ining ayrim zonalarida ruxsat etilgan cheklangan xo‘jalik va boshqa faoliyat ta'sirida bioxilma-xillik monitoringini, qo‘riqxona zonasida esa tabiiy jarayonlarining tabiiy kechishi monitoringini yuritadi;
monitoring ma'lumotlarini qayta ishlash va umumlashtirish maqsadida mazkur tabiiy hududda joylashgan davlat qo‘riqxonasiga taqdim etadi.
Tabiat bog‘i ushbu nizom va boshqa qonun hujjatlariga ko‘ra, boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Tabiat bog‘ini boshqarish O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi hamda Toshkent viloyati hokimligi tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi Toshkent viloyati hokimligi bilan kelishilgan holda:
Tabiat bog‘ining direktorini tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Tabiat bog‘ining faoliyatini ta'minlash maqsadida mulkni taqsimlab beradi, jumladan, pul mablag‘larini ajratadi;
daromadlar va xarajatlar smetasi va tabiat bog‘i mablag‘ini sarflash hisobotini tasdiqlaydi;
Tabiat bog‘ining shtat jadvalini tasdiqlaydi;
Tabiat bog‘ining faoliyati va hududdagi rejimga rioya etilishini nazorat qiladi;
Tabiat bog‘i ramzini tasdiqlaydi;
Tabiat bog‘ining boshqarish rejalarini va uning bajarilish natijalari bo‘yicha hisobotlarni tasdiqlaydi;
Tabiat bog‘i Ilmiy kengashining tarkibi va nizomini tasdiqlaydi; qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Tabiat bog‘ining hududi tabiat bog‘iga foydalanishga beriladigan yer uchastkalarida, shuningdek, uning chegarasi doirasidagi boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli yer uchastkalarida joylashadi.
Tabiat bog‘i tashkil etilayotganda uning hududi quyidagi zonalarga bo‘linadi.
tabiat bog‘ining hududi:
qo‘riqxona zonasi;
rekreatsiya zonasi;
xo‘jalik maqsadida va boshqa tarzda foydalanish zonasiga (zonalariga) bo‘linadi.
Aholini sog‘lomlashtirish uchun sharoit bo‘lgan taqdirda, tabiat bog‘ida kurort tabiiy hududlar uchun nazarda tutilgan rejimli kurort zonalari ajratiladi.
Mavzuga oid
12:22 / 23.12.2024
Kurash trenerlari va hakamlarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilish yo‘lga qo‘yiladi
11:18 / 27.11.2024
Milliy simfonik orkestri xodimlari maoshi oshiriladi
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
07:16 / 20.08.2024