Buxoroda ommaviy tartibsizliklarning oldini olish bo‘yicha o‘quv-taktik mashg‘uloti o‘tkazildi
15 avgust kuni Buxoro viloyati IIB, Shofirkon tumani IIB va Milliy gvardiya bilan hamkorlikda qurollangan jinoyatchilarni qidirish va qo‘lga olish bo‘yicha o‘quv-amaliy mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mazkur tadbirlarni o‘tkazishdan asosiy maqsad ichki ishlar idoralari shaxsiy tarkibining shayligini oshirish, amaliy ko‘nikmalarini takomillashtirish va jangovar ruhini ko‘tarishdan iborat.
Mashg‘ulot davomida qurollangan va xavfli jinoyatchilarni qidirish, aniqlash hamda jinoiy harakatlarning oldini olish, ularni qurolsizlantirish va qo‘lga olish bo‘yicha harakatlar yuqori darajada amalga oshirildi.
Shuningdek, 2018 yil 16 avgust kuni Romitan tumani hududida ommaviy tartibsizliklarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf qilish bo‘yicha viloyat IIB, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, hududiy IIB, hokimiyat, prokuratura, DXXB, FVB, sog‘liqni saqlash va boshqa aloqador idoralar ishtirokida o‘quv-taktik mashg‘uloti o‘tkazildi.
O‘quv-taktik mashg‘ulotiga qo‘yilgan maqsadlarga erishilib, Romitan tumani boshqaruv organlarining hamkorlikdagi amaliy harakatlari bo‘yicha ko‘nikmalari oshirildi.
Mavzuga oid
17:03 / 15.12.2024
Buxoroda haydovchi mast holda avtobus boshqarib, odam tashiyotganda ushlandi
15:29 / 03.12.2024
Buxoro shahrining tarixiy qismida mototsikl va skuter kabilarning harakati cheklandi
11:04 / 02.12.2024
2025 yilda Rossiya shahrida Buxoro madaniyati kunlari o‘tkaziladi
17:27 / 30.11.2024