O‘zbekiston | 10:30 / 17.08.2018
47998
1 daqiqa o‘qiladi

Fotoreportaj: Emomali Rahmon Toshkentda qanday kutib olindi?

Bugun, 17 avgust kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Toshkentga tashrif buyurdi.

Qo‘shni davlat rahbari tashrifi Toshkent aeroportida tantanali tarzda kutib olindi.

Emomali Rahmon Mustaqillik maydonida bo‘lib, Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

Gul qo‘yish marosimidan so‘ng qo‘shni davlat rahbari O‘zbekiston prezidenti bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Ko‘ksaroyga yo‘l oldi.

 

Mavzuga oid