Sport | 19:48 / 19.08.2018
25828
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda birinchi oltin. Bekzod Abdurahmonov ikki karra Osiyo o‘yinlari chempioni

Osiyo o‘yinlariga yo‘l olgan O‘zbekiston delegatsiyasi hisobi yana bitta medal bilan boyidi. 

Ikkinchi medalni ham erkin kurashchilar olib berishdi.

74 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Bekzod Abdurahmonov oltin medal uchun qozog‘istonlik Daniyar Kaisanovga qarshi bellashdi va 3:2 (0:1, 3:1) hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi Osiyo o‘yinlaridagi ilk oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Qayd etish kerakki, Bekzod Abdurahmonov endi ikki karra Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylandi. Abdurahmonov 2014 yili Inchxonda o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida ham O‘zbekiston delegatsiyasiga ilk oltin medalni olib kelgandi.

U shuningdek, jahon chempionati sovrindori, 2016 yilgi Yozgi Olimpiada ishtirokchisi hisoblanadi.

Bundan avvalroq 65 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Sirojiddin Hasanov bronza medal uchun bahsda mo‘g‘ulistonlik Batmagnai Batchuluunni mag‘lubiyatga uchratib, O‘zbekiston delegatsiyasiga ilk medalni olib bergandi.

Mavzuga oid