O‘zbekiston yana 2ta medal oldi
O‘zbekiston taekvondo jamoasining -58 kg vazn toifasi vakili Niyoz Po‘latov Osiyo o‘yinlari finalida mag‘lub bo‘ldi.
Po‘latov oltin medal uchun bahsda janubiy koreyalik Kim Tayxunga qarshi chiqdi va 6:24 hisobida (1:2, 1:9, 4:13) imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Endi u kumush medal bilan kifoyalanadigan bo‘ldi.
-67 kg vazn toifasida ishtirok etuvchi Nigora Tursunqulova esa yarim finalda yutqazib, bronza medal bilan taqdirlanadigan bo‘ldi.
Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobi yana ikkita medal bilan boyidi. Ayni vaqtda O‘zbekiston umumiy reytingda 6ta medal (1-2-3) bilan yettinchi o‘rinda joylashgan.
21 avgust kuni taekvondo bo‘yicha bahslarda Dmitriy Shokin, Charos Qayumova va Svetlana Osipova kabi sportchilar medallar uchun dayanga chiqadi.
Mavzuga oid
22:27 / 04.12.2024
Ulug‘bek Rashitov jahonning 2024 yildagi eng yaxshi taekvondochisi bo‘ldi
20:07 / 08.08.2024
Ulug‘bek Rashitov Olimpiada finaliga chiqdi
08:05 / 21.06.2024
O‘zbekiston taekvondo milliy jamoasi Olimpiadada ilk bor 5 sportchi bilan qatnashadi
00:13 / 03.09.2023