Frankfurt-Urganch-Toshkent-Frankfurt yo‘nalishidagi reyslar tashkil qilinishi kutilmoqda
Yevropadan kelayotgan sayyohlar sonini oshirish maqsadida Frankfurt-Urganch-Toshkent-Frankfurt kombinatsiyali reyslarni tashkillashtirish rejalashtirilmoqda. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
Qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Qosimxo‘jayev Germaniyaning yetakchi Globalis Erlebnisreisen turistik kompaniyasi rahbari Xartmut Pil bilan uchrashdi. Uchrashuvda shuningdek "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi tijoriy direktori o‘rinbosari Sh.Yodgorov ham ishtirok etdi.
Tomonlar Yevropadan keluvchi turistik oqimning sezilarli darajada ko‘payishiga olib keluvchi bir necha masalalarni muhokama qilishdi. Xususan, sayyohlar sonini oshirish maqsadida Frankfurt-Urganch-Toshkent-Frankfurt kombinatsiyali reyslarni tashkillashtirish masalasi ko‘rib chiqildi. Rejaga ko‘ra, dastlab O‘zbekistonga har biri 100 kishidan iborat 16 guruhni jo‘natish ko‘zda tutilmoqda. Hamkorlikning keyingi bosiqichi - Germaniya shaharlaridan O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri charter reyslarning ochilishi bo‘lishi mumkin.
Germaniya bilan hamkorlik doirasida birgina Globalis Erlebnisreisen kompaniyasi orqali Yevropadan O‘zbekistonga keluvchi sayyohlarning umumiy soni 3 mingdan oshishi qayd etilmoqda.
Mavzuga oid
21:17 / 18.12.2024
Reuters: YeI davlatlari Ukrainaga 100 ming nafargacha tinchlikparvar kuchlarni yuborishni muhokama qilmoqda
09:50 / 18.12.2024
Yevropada keksa kishilarni aldagan firibgarlar tarmog‘i fosh etildi
22:53 / 16.12.2024
Emin Agalarov Chorvoq bo‘yida Sea Breeze Uzbekistan turistik markazini qurmoqchi
18:14 / 16.12.2024