Toshkentda 35 yoshli erkak «Malibu»ni haydab chiqib ketib, bedarak yo‘qoldi
20 avgust kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi Madina A. IIBga murojaat qilib, shu kuni soat 09.00larda birga yashovchi turmush o‘rtog‘i 1983 y.t. Saidmunnavarxon Abdullayev o‘zining oq rangli “Malibu”, 01 Z 990 TA d.r. avtomashinasini uyidan noma'lum tomonga haydab chiqib ketib bedarak yo‘qolganligini ma'lum qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, S.Abdullayevni qidirib topish choralari ko‘rilgan.
“Hurmatli fuqarolar, agar siz S.Abdullayevni va uning boshqaruvida bo‘lgan avtomashina haqida biron-bir ma'lumotga ega bo‘lsangiz, ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga yoki “102” telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishingizni so‘raymiz”, - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
16:35 / 23.12.2024
1 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metropoliteni ish jadvali 2 soatga uzaytiriladi
18:02 / 21.12.2024
Faoliyatda qonun buzilishi, sertifikatsiz o‘qituvchilar va norozi ota-onalar – “NEWTON ACADEMY” o‘quv markazi haqida nimalar ma’lum?
18:36 / 20.12.2024
Toshkentdagi elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini demontaj qilish buyurildi
13:54 / 19.12.2024