O‘zbekistonning YuNESKOdagi yangi vakili Parijga jo‘nab ketdi. Ilgari bu lavozimda Lola Karimova ishlagandi
Bugun O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakili Parijga jo‘nab ketdi.
Tashqi ishlar vazirligining ma'lumotlariga ko‘ra, 2018 yil 21 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasining YuNESKOdagi qayta tayinlangan doimiy vakili Umid Shodiyev Toshkentdan Parijga jo‘nab ketdi.
Ilgari u Nyu-Yorkdagi O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakolatxonasida maslahatchi bo‘lib ishlagan.
Unga qadar bu lavozimni O‘zbekiston birinchi prezidentining kichik qizi Lola Karimova egallagan.
Joriy yilning fevral oyida O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning kichik qizi, O‘zbekistonning YuNeSKOdagi elchisi Lola Karimova-Tillayeva Facebook’dagi sahifasida yuqoridagi tashkilotda mamlakat elchisi sifatida faoliyatini yakunlayotganini xabar qilgandi.
«Bugun mening O‘zbekistonning YuNeSKOdagi elchisi vazifasidagi so‘nggi ish kunim. O‘n yil davomida diplomat sifatidagi faoliyatim albatta hayotimning muhim qismiga aylangan edi. Men ushbu bebaho tajriba, faoliyatim mobaynida tanishgan va birga ishlagan insonlar hamda eng muhimi – o‘z ona vatanimga xizmat qilish imkoniyatiga ega bo‘lganimdan behad mamnunman», - deb yozgan u.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 1993 yilning 26 oktabridan YuNESKOning a'zosi sanaladi. YuNESKOning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi 1996 yil 23 apreldan boshlab faoliyat yuritmoqda.
Shu bilan birga, O‘zbekiston YuNESKO faoliyatida faol ishtirok etmoqda. Respublika Tashkilot Ijroiya kengashiga ikki marta - 1997-2001 yillar va 2009-2013 yillarda saylangan.
Mavzuga oid
12:29 / 05.12.2024
YuNESKO nomoddiy madaniy meroslar ro‘yxatini kengaytirdi
20:57 / 23.10.2024
Beruniy nomidagi YuNESKO–O‘zbekiston xalqaro mukofoti ta’sis etildi
19:16 / 04.10.2024
Toshkentdagi ikkita tarixiy mahallada art-rezidensiyalar ochildi
11:41 / 02.09.2024