Bir vaqtning o‘zida yuz minglab kameralardan qiyofani tanish tizimi namoyish etildi
Rossiyaning qiyofani tanish sohasida dasturlar yaratish bilan shug‘ullanuvchi NtechLab kompaniyasi FindFace Public Safety deb nomlanuvchi yangi texnologiya taqdimotini o‘tkazdi. Tizimning xususiyati shundaki, u bir vaqtning o‘zida yuz minglab kameralardan kelayotgan videotasvirlarni qayta ishlay oladi.
Tasvirda xavfsizlik xodimlarini qiziqtirayotgan qiyofalar paydo bo‘lishi bilan tizim ularni bir lahzada aniqlaydi va xodimlarga tegishli xabar jo‘natadi. Bu jinoyatlarni tezkorlik bilan aniqlashda juda qulaydir. FindFace Public Safety videokuzatuv arxivlaridagi yozuvlardan ham qiyofalarni izlay oladi.
NtechLab xodimlarining aytishlaricha, yangi texnologiya butun Rossiya bo‘yicha yagona xavfsizlik va tezkor harakatlanish tizimini yaratish imkonini beradi. Undan odamlar ommaviy to‘planadigan joylarda hamda kirish cheklangan maskanlarda foydalaniladi. Qayd etilishicha, FindFace Public Safety terrorchilik tahdidlarining oldini olishda va yirik tadbirlarga tashrif buyuruvchilarni aniqlashda juda qulaydir.
Mavzuga oid
12:27 / 24.12.2024
O‘zi ovqatlantirib, o‘zi tozalaydi: qushlar uchun aqlli qafas taqdim etildi
18:12 / 11.12.2024
“Vertolyot kabi havoga tik ko‘tariladi” – AQShda hibrid samolyotning ilk surati namoyish etildi
18:26 / 10.12.2024
“Superkompyuterlardan ham tezroq” – murakkab muhandislik muammolarini oson hal qiladigan sun’iy idrok ishlab chiqildi
15:02 / 10.12.2024