Jahon | 08:10 / 26.08.2018
49811
2 daqiqa o‘qiladi

Jon Makkeyn vafot etdi

Foto: Getty Images

AQShda 2008 yilgi prezidentlik saylovlarida nomzod bo‘lgan arizonalik senator Jon Makkeyn 82 yoshida vafot etdi.

2017 yili Makkeynda bosh miya saratoni aniqlangandi. Xastaligiga qaramasdan u Senatda ishlashda davom etdi. Bir kun oldin uning qarindoshlari bemor davolanishni to‘xtatgani haqida ma'lum qilishgandi.

1982 yili Vakillar palatasi a'zosiga aylangan Jon Makkeyn 1986 yildan buyon Arizona shtati vakili sifatida Senat a'zosi edi. U bu lavozimga 6 marta saylangan. Makkeyn 2008 yilda Respublikachilar partiyasidan prezidentlik saylovida ishtirok etgan va ikkinchi bosqichda Barak Obamaga yutqazgan. 2016 yilgi saylovoldi kampaniyasi vaqtida bo‘lajak prezident Donald Trampga qarshi chiqishlar qilgan, u prezidentlikka saylanganidan keyin ham uni tanqid qilishda davom etgandi.

U 1936 yili AQSh Harbiy-havo kuchlarining Panamadagi bazasida harbiylar oilasida dunyoga kelgan. Siyosatga kirib kelishdan avval Makkeyn aviatsiyada xizmat qilgan, Vetnamdagi urushda ishtirok etgan. Urush vaqtida uning samolyoti urib tushirilgan, o‘zi esa qo‘lga olinib, 5 yil asirlikda saqlangan va qiynoqlarga uchragan.

Mavzuga oid