Sport | 15:00 / 27.08.2018
8316
2 daqiqa o‘qiladi

Osiyo o‘yinlari. Karateda yana bir medal naqd

27 avgust kuni Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston karate jamoasining 4 nafar vakili bahslarga qo‘shildi.

Jamoaning -50 kg vazn toifasidagi vakili Bahriniso Babayeva finalga chiqdi va kamida kumush medalni naqd qildi.

Babayeva nimchorak final bosqichida filippinlik Junna Sukini 2:1 hisobida mag‘lub etib, chorak finalga chiqdi.

Foto: Anvar Ilyasov
Foto: Anvar Ilyasov

Uning navbatdagi raqibi Birlashgan Arab amirliklari vakili Alajmi Havra bo‘ldi va o‘zbekistonlik sportchi ushbu bahsda yaqqol ustunlik qildi, yakuniy hisob - 5:1.

Foto: Anvar Ilyasov
Foto: Anvar Ilyasov
Foto: Anvar Ilyasov

Final yo‘llanmasi uchun jangda Bahriyeva tailandlik Raksachart Pavinani mag‘lubiyatga uchratdi - 1:0.

Foto: Anvar Ilyasov
Foto: Anvar Ilyasov
Foto: Anvar Ilyasov

Endi u oltin medal uchun Xitoy Taypeyi vakilasi Shiashuang Guga qarshi bahs yuritadi.

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston karate jamoasi shu kungacha Osiyo o‘yinlarida 2ta medal olgan. -60 kg vazn toifasida ishtirok etgan Sadriddin Saymatov hamda -61 kg vazn toifasida ishtirok etgan Barno Mirzayeva bronza medal sovrindoriga aylangan.

Mavzuga oid