Jahon | 12:03 / 30.08.2018
5694
2 daqiqa o‘qiladi

Xodorkovskiy: MARda o‘ldirilgan jurnalistlar rejalashtirilgan amaliyot qurboniga aylangan bo‘lishi mumkin

Foto: AP/TASS

Mixail Xodorkovskiy Markaziy Afrika Respublikasida (MAR) rossiyalik jurnalistlar Orxan Jamol, Aleksandr Rastorguyev va Kirill Radchenko o‘ldirilgani tufayli Tergovlarni boshqarish markazini (TBM) moliyalashtirishni to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Xodorkovskiyning bayonoti MBX Media saytida e'lon qilingan.

Xabarda aytilishicha, loyihaning bosh muharriri Andrey Konyaxin iste'foga chiqqan.

«Men shunday xulosaga keldimki, safarga tayyorgarlik ko‘rishda odamni joyida tanlash (fikser) eng katta xato bo‘lgan», - deyiladi Xodorkovskiyning bayonotida.

Uning ta'kidlashicha, jurnalistlar o‘limi bilan bog‘liq vaziyatda TBMning hattoki qisman mas'uliyati juda kattadir.

Xodorkovskiy tergov jarayoniga izoh berib, jurnalistlar rejalashtirilgan amaliyot qurboniga aylangan bo‘lishlari mumkinligini ta'kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u hodisa haqidagi ma'lumot uchun mukofot e'lon qildi.

«Biz yil oxirigacha natijalar olishni rejalashtirmoqdamiz», - deya xulosa qildi Xodorkovskiy.

Mavzuga oid