Yeltsin Klintonni Qrim bo‘yicha ogohlantirgan
Rossiyaning birinchi prezidenti Boris Yeltsin amerikalik hamkasbi Bill Klintonni kommunistlar Qrim yarim orolini va Alyaskani mamlakat tarkibiga qaytarish istagida ekani haqida ogohlantirgan. Bundan Bill Klinton kutubxonasi veb-saytida e'lon qilingan ikki yetakchilarning muzokaralari rasshifrovkasi darak bermoqda.
Yeltsin AQSh ommaviy axborot vositalari kommunistlarni «yaxshi, halol va do‘st», deb hisoblashi, ammo bunga ishonish kerak emasligi haqida gapirgan. Rossiya prezidenti barcha kommunistlarni hamma narsani yo‘q qiladigan «mutaassiblar», deb atagan.
«Ular Qrimni qaytarib oladi, ular hattoki Alyaska uchun o‘z huquqlari borasida da'vo qiladilar», - deya ma'lum qilgan Yeltsin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yeltsin va Klinton 1999 yilda Putin haqida gaplashgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
15:36 / 23.12.2024
Qora dengiz sohillarini mazut qopladi - tankerlar halokati oqibatlari fotosuratlarda
10:20 / 11.11.2024
Tramp jamoasi «yo‘qotilgan Qrim» haqidagi so‘zlardan bosh tortdi
23:37 / 17.10.2024
Estoniya qrimtatarlarning deportatsiyasini genotsid deb tan oldi
22:45 / 09.10.2024