Jamiyat | 17:35 / 01.09.2018
16384
6 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Agro House intensiv bog‘dorchilik bo‘yicha bog‘bonlar va fermerlar uchun seminar o‘tkazdi

So‘nggi vaqtlarda respublikadagi juda katta maydonlarda yangi,intensiv usuldagi bog‘lar barpo etilmoqda hamda eskilari qayta tashkil etilmoqda. Ularning aksariyat qismini olma, gilos, shaftoli, olxo‘ri, tok va yong‘oqzorlar tashkil qiladi.

Bog‘bon, dehqonlarimizning bilim va malakalarini oshirish, sohadagi yangiliklardan xabardor etib borish yangi bog‘larni to‘liq ko‘kartirib olish, meva kasalliklaridan samarali himoyalash hamda mo‘l hosil yetishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

25 avgust kuni Toshkent viloyati, Toshkent tumanida AGRO HOUSE MChJ korxonasi, Norchontol ko‘chatchilik xo‘jaligi hamda ECO DRIP LUX MChJhamkorligida fermer, dehqonlar, ko‘chat yetishtiruvchi va bog‘bonlar uchun intensiv bog‘dorchilikka bag‘ishlangan seminar tashkil qilindi.

Unda  xalqaro intensiv bog‘dorchilikda katta tajribaga ega fransiyalik konsultant Fabiyen Martel hamda ushbu yo‘nalishning yana bir tajribali konsultanti, o‘zbekistonlik Shuhrat Abrorov seminar ishtirokchilariga zamonaviy intensiv bog‘larni barpo qilishdagi o‘z tajribalari bilan bo‘lishdilar.

Jumladan, Fabiyen Martel O‘zbekistonda intensiv bog‘larni barpo etish va tuproqni tayyorlash, intensiv bog‘larda o‘sishni boshqarish, olma bog‘larida terim vaqtini to‘g‘ri aniqlashning ahamiyati xususida dunyo tajribasi va bu borada qilinayotgan yangiliklar haqida ma'lumotlar taqdim etdi.

Biz fransiyalik mutaxassisdan intensiv bog‘dorchilikni rivojlantirishda jahon tajribasi va bu borada O‘zbekistonda alohida e'tibor qaratilishi lozim bo‘lgan yo‘nalishlar haqida fikrlarini so‘radik.

Iqlim, tuproq va boshqa sharoitlarga ko‘ra barpo qilinadigan intensiv bog‘lar ham bir-biridan farq qiladi. Masalan, Italiyada yer maydonlari cheklanganligi va boshqa sabablarga ko‘ra bir maydonning o‘ziga ketma-ket 3-4 avlod ko‘chatlari ekiladi. Bu esa meva ko‘chatlarining sekin o‘sishi va ushbu o‘suv davrida tez-tez kasalliklarga chalinishiga sabab bo‘lmoqda. Kasalliklar hatto minglab gektar maydonlarni yoppasiga zararlanishiga olib kelishi mumkin.

Xitoyda ham qishloq xo‘jaligiga doimiy ravishda zamonaviy texnologiyalarni jalb qilinayotganligi bois yaxshi natijalarga erishib kelinmoqda. Olingan hosilni saqlashdagi ushbu davlat tajribasini ham ijobiy baholash mumkin.

Ozarbayjonning yer, iqlim imkoniyatlarini O‘zbekistonga yaqin deb hisoblayman. Ammo sohani rivojlantirishdagi imkoniyatlar bo‘yicha O‘zbekistonning salohiyati yuqoriroq, chunki sizlarda bog‘ yaratishda juda ajoyib agronomik, tuproq imkoniyatlari mavjud.

Mutaxassis shuninglek, O‘zbekistonda intensiv bog‘larni rivojlantirish borasida muammolarga ham to‘xtalib o‘tdi:

-Bu borada seleksiya ya'ni, Yevropa va Avstraliyada yetishtirilgan yangi ko‘chat navlarini O‘zbekiston iqlimiga moslashtirish, sohaga ajratilayotgan moliyaviy mablag‘larning hali yetarli darajada emasligini rivojlanishdagi to‘siq bo‘layotgan muammolar sifatida baholayman-, deydi ekspert.

Seminarning ikkinchi qismida O‘zbekiston intensiv bog‘dorchiligida katta malakaga ega konsultant Shuhrat Abrorov zamonaviy gilos bog‘larida  yangi navlarni yetishtirish, zamonaviy yong‘oq bog‘larini to‘g‘ri tashkil qilish mavzularida o‘z tajribasini bo‘lishdi.

Konsultant gilos va yong‘oq plantatsiyalarida amalga oshiriladigan ishlar, O‘zbekiston sharoitida ko‘p uchraydigan meva kasalliklari va ularni bartaraf etish usullari, mevalarni terib olish vaqtini to‘g‘ri aniqlash bo‘yicha ham o‘z tavsiyalarini berdi.

Abrorovning aytishicha, so‘nggi yillarda Norchontol ko‘chatchilik xo‘jaligi mutaxassislari tomonidan gulga kirgan paytda o‘z-o‘zidan changlanuvchi gilos yetishtirishni ko‘paytirish va ularni aholi xonadonlariga yetkazib berish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu o‘rinda seminar tashkilotchilari haqida:Biz ayrim hollarda yerga urug‘ qadab undan yetarli hosil ololmagan dehqonlarni uchratamiz. Buning asosiy sabablaridan biri – ekish uchun sifatli urug‘ tanlanmaganidir.

AGRO HOUSE kompaniyasi tomonidan dehqon va fermerlarimizga taklif etiladigan sifatli sabzavot va poliz ekinlarining urug‘lari, mineral o‘g‘it, ozuqalar hamda o‘simliklarni himoya qilish vositalari, ko‘rsatiladigan agrokonsalting xizmatlari bilan bobodehqonlarimizning xavotiriga o‘rin qoldirmaydi. Sababi, korxona tomonidan O‘zbekiston bozoriga taqdim qilinadigan barcha qishloq xo‘jaligi urug‘lari tajribali agronom va mutaxassislar tomonidan mahalliy iqlim hamda tuproq sharoitlariga moslashtiriladi.

ECO DRIP LUX MChJ esa O‘zbekistonda tomchilatib sug‘orish tizimining yirik ishlab chiqaruvchisidir.

Kompaniya dastlab tomchilatib sug‘orish uchun shlanglar ishlab chiqargan bo‘lsa, bugungi kunga kelib intensiv bog‘ va qishloq xo‘jaligi ekinlarini do‘l va quyoshdan himoyalovchi to‘rlar, ko‘chatlar uchun kassetalar, sabzavot va mevalarni saqlash uchun sifatli plastik qutilar ham ishlab chiqarmoqda.

ECO DRIP LUX’da ishlab chiqarilgan mahsulotlar o‘z sifati bilan Markaziy Osiyo bozorlari xususan, Qozog‘iston, Turkmaniston kabi davlatlarda o‘z xaridorlariga ega bo‘lib ulgurdi.

Seminar ishtirokchilari olingan zamonaviy bilimlar va mutaxassislarning intensiv bog‘ tashkil qilish va yuritish borasidagi tavsiyalarini yuqori baholashdi. Treningni yaqin orada yana bir bor o‘tkazishga kelishib olindi.

Shuningdek, seminar ishtirokchilariga zamonaviy intensiv bog‘larni barpo qilish texnologiyasi bo‘yicha qo‘llanma va adabiyotlar, dala sharoitida foydalanish uchun qishloq xo‘jaligi buyumlari sovg‘a sifatida taqdim etildi.


Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid