Jahon | 23:01 / 04.09.2018
10448
2 daqiqa o‘qiladi

9 mln sayyoh: Antaliyaga yil boshidan qancha sayyoh tashrif buyurgani ma'lum qilindi 

Foto: aa.com.tr/ru

Turkiyaning sayyohlik poytaxti deb ataluvchi Antaliya shahriga joriy yil boshidan 180 ta davlatdan 9,165 mln sayyoh tashrif buyurdi. Bu haqda Antaliyaning madaniyat va turizm boshqarmasiga iqtibos keltirgan holda “Anadolu” axborot agentligi xabar berdi.    

2017 yilning shu davri, ya'ni yanvar-avgustida Antaliyaga 7,144 mln sayyoh tashrif buyurgan va sayyohlar oqimi bir yil ichida 28,28 foizga ko‘paygan.

Ushbu kurort shaharga tashrif buyurgan sayyohlardan 38,45 foizi Rossiyadan (3,367 mln sayyoh), 16,46 foizi – Germaniya (1,441 mln), 6,14 foizi – Ukraina (538 ming), 5,03 foizi – Buyuk Britaniya (440 ming), 3,31 foizi Niderlandiyadan (289 ming) kelganlar hissasiga to‘g‘ri kelgan. 

Bundan tashqari, Antaliyaga Polshadan 287 ming sayyoh, Qozog‘istondan – 192 ming, Ruminiyadan – 153 ming, Belgiyadan – 144 ming, Daniyadan – 135 ming, Isroil, Chexiya va Shvetsiyadan 100 mingdan ko‘proq sayyoh tashrif buyurgan.

Ma'lum qilinishicha, Antaliyaga Rossiyadan keluvchi sayyohlar oqimi bir yil ichida 24,03 foizga, Germaniyadan 30,22 foizga va Ukrainadan 1,73 foizga oshgan.

Mavzuga oid