Jahon | 19:47 / 05.09.2018
9064
2 daqiqa o‘qiladi

Skripallarni zaharlashda Nina Ricci atiri idishidan foydalanilgani ma'lum qilindi

Sergey Skripal va uning qizi Yuliyani zaharlashda gumonlanayotgan rossiyaliklar Nina Ricci «Premier Jour» atiri idishidan foydalanishgan. Bu haqda The Sun xabar bermoqda.

 Foto : Metropolitan Police

Gazetaning xabariga ko‘ra, Aleksandr Petrov va Ruslan Boshirov idishni Rossiyadan olib kelishgan.  

Qayd etilishicha, xuddi shu idishni iyun oyida parklardan birida britaniyalik Charli Rouli dugonasi Don Sterjyess bilan topib olgandi.

5 sentabr kuni London Skripallar ishi bo‘yicha gumonlanayotgan rossiyaliklarning ism-shariflarini e'lon qildi. Bundan tashqari, ularning fotosuratlari ham chop etildi.

Britaniya maxsus xizmatlari Eymsberi shahrida yashovchi Charli Rouli va Don Sterjyess aynan Skripallar jabr ko‘rgan modda ta'siri ostida bo‘lganliklarini ta'kidlagan. Rouli kasalxonada o‘ziga kelgan, Sterjyess esa vafot etgandi. Erkakning aytishicha, u idish ichidagi moddani atir deb o‘ylab ayolga sovg‘a qilgan.  

Mavzuga oid