O‘zbekiston | 19:28 / 05.09.2018
17448
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda «KAMAZ» bilan yana bir qo‘shma korxona tashkil etilishi mumkin 

Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov va Toshkent viloyati hokimi G‘ulomjon Ibragimov o‘zaro hamkorlikni, jumladan «KAMAZ» korxonasining O‘zbekistondagi loyihasini muhokama qildi. Uchrashuv Tatariston hukumat uyida bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi chelny-biz.ru.

Foto: tatar-inform.tatar

Xabarda aytilishicha, sentabr oyida O‘zbekistonda «KAMAZ» bilan yana bir qo‘shma korxona ochilishi kutilmoqda.  

Joriy yil boshida «KAMAZ» Samarqand viloyatining Jomboy shahrida joylashgan UzAutoTrailer ishlab chiqarish maydonlarida yuk mashinalarining dastlabki partiyasini chiqardi.  

Hamkorlar 2018 yilda bozorga 1500 donaga yaqin avtotexnika, jumladan gaz ballon qurilmali avtomobillarni yetkazib berishni rejalashtirgan. Zavod yiliga 2000 dona avtotexnika ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, bu miqdorni 5000 donagacha yetkazish imkoniyati mavjud.

Mavzuga oid