Fan-texnika | 01:35 / 07.09.2018
26210
1 daqiqa o‘qiladi

«Kortej»ning barcha modellari bitta suratda

Aurus Motors’ning “VKontakte”dagi norasmiy jamiyatida «Kortej» loyihasining barcha avtomobillari surati joylashtirildi. Ular qatoriga Senat sedani, Arsenal miniveni va dastlabki prototipi kelasi yili paydo bo‘ladigan Komendant yo‘ltanlamasi kiradi.


«Kortej»ning qolgan avtomobillari singari yo‘ltanlamas ham Yagona modul platformasiga quriladi va gibrid kuch qurilmasiga ega bo‘ladi. Uning tarkibiga 598 ot kuchiga ega 4,4 litrli biturbo «sakkizligi», batareyalar majmuasi va to‘qqiz pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi kiradi.  
Yo‘ltanlamas 2020 yildan ishlab chiqariladi. 

Aurus Senat sedani debyuti Moskva avtosalonida bo‘lib o‘tgandi. Uning uzaytirilgan zirhli varianti Rossiya prezidenti Vladimir Putinning inauguratsiya marosimi vaqtida namoyish etildi. Kelgusida brend modellari safi mototsikl va «xalq yo‘ltanlamasi» hisobiga kengaytiriladi.

Mavzuga oid