Jahon | 11:30 / 07.09.2018
18663
2 daqiqa o‘qiladi

Manba: Rossiyalik josuslar Skripallarga suiqasd qilishda qator xatolarga yo‘l qo‘ygan

Buyuk Britaniya maxsus xizmatlari Skripallarga hujum qilinishi bo‘yicha gumonlanuvchilarni ancha oldinroq aniqlashgan, ammo nomlarni oshkor etishni kechiktirishgan. Bu haqda The Sun xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Rossiya razvedka boshqarmasi agentlari suiqasd uyushtirishda qator xatolarga yo‘l qo‘yishgan.

Buyuk Britaniya maxsus xizmatlari Sergey Skripal va uning qizi Yuliyaning zaharlanishida rossiyalik Aleksandr Petrov va Ruslan Boshirovni gumondorlar sifatida e'lon qildi.

Bu shaxslar uzoq vaqtdan buyon kuzatuvda bo‘lishgan. Buyuk Britaniya bu shaxslarni bir necha oy oldin aniqlagan va ular yana Yevropaga qaytishini kutgan holda, ularning shaxsini oshkor etmagan. Agar ular Yevropa Ittifoqi hududiga kirganida shu zahoti qo‘lga olingan bo‘lardi. 

Qayd etilishicha, MI6 ularning haqiqiy ism-shariflarini biladi.

Xabarda aytilishicha, agentlar suiqasd uyushtirishda yo‘l qo‘ygan xatolardan biri - ular yomg‘ir omilini hisobga olishmagan. Skripallarning uyi eshigiga «Novichok» zahari o‘rnatilganida yomg‘ir boshlangandi. Aynan yomg‘ir ushbu zaharning ta'sir xususiyatini pasaytirgan va Skripallar suiqasddan omon qolishgan.

Mavzuga oid