O‘zbekiston | 16:08 / 07.09.2018
5139
1 daqiqa o‘qiladi

Shahrisabz:  Maqomning san'atdagi o‘rniga bag‘ishlangan Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi

7 sentabr kuni MAQOM ART  2018 forumi doirasida Shahrisabz shahrida maqomning san'atdagi o‘rniga bag‘ishlangan Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi milliy PR-markaz vakillari KUN.UZ'ga shu haqida xabar berishdi. 

Foto: Kamil Yenikeyev

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev va YuNeSKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Xosagraxar Visveraya kirish so‘zi bilan ochib berishdi. 

Anjumanda Ozarboyjon, Germaniya, Misr, Italiya, Xitoy, AQSh, Qozog‘iston va ko‘plab boshqa mamlakatlardan tashrif buyurgan olimlar o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi. 

Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda "Maqom - Movarounnahr sivilizatsiyasining tovushli ifodasi", "Sohibqiron Amir Temur va maqom kabi mavzular muhokama qilindi.

Foto: Kamil Yenikeyev
Foto: Kamil Yenikeyev
Foto: Kamil Yenikeyev

Mavzuga oid