Jahon | 08:00 / 07.09.2018
25097
2 daqiqa o‘qiladi

Skripal haqida yangi ma'lumot tarqaldi: u Ispaniya razvedkasi bilan hamkorlik qilgan

Foto: Agence France-Presse/ Getty Images

Mart oyida Britaniyaning Solsberi shahrida zaharlangan GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal so‘nggi vaqtlar ichida Ispaniya razvedka xizmatlari bilan hamkorlik qilgan. Bu haqda The New York Times xabar bermoqda.

Nashrning ta'kidlashicha, Skripal boshqa maxsus xizmatlar bilan ham hamkorlik qilgan: masalan, u 2012 yilda Pragada chexiyalik razvedkachilar bilan va 2016 yilda Estoniya razvedka xizmati vakillari bilan uchrashgan.

Qayd etilishicha, bu haqda Ispaniya politsiyasining o‘z nomini oshkor etmagan sobiq yuqori lavozimli xodimi ma'lum qildi. 

«U Ispaniyaga qatnashda davom etgan», — degan ispan razvedchiklaridan biriga asoslangan holda jurnalist va yozuvchi, Ispaniya hukumati faoliyatini yoritgan Fernando Rueda. Skripalning tashriflarini ispan amaldorlari ham tasdiqlashdi, lekin mayda detallar oshkor etilmadi. Sobiq rasmiylar ma'lumotiga ko‘ra Skripal mamlakat maxsus xizmatlariga Ispaniya hududida faol bo‘lgan, Rossiya hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi gumon qilingan rus jinoyat olami vakillariga qarshi kurashishda yordam bergan.

Ispaniya hukumati rus mafiyasi tufayli «katta muammolar»ga duch kelgan. Sergey Skripal ham Aleksandr Litvinenko kabi ispanlarga rossiyalik jinoyatchilarning faoliyati bo‘yicha ma'lumotlar yetkazgan.

O‘tmishda ham Sergey Skripal Ispaniya bilan aloqador bo‘lgan. 1995 yilda, Rossiya razvedka boshqarmasida ishlaganida u Ispaniyaga safari vaqtida Britaniya razvedkasiga (MI6) yollangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq London Putinni Skripallarni zaharlashda ayblagandi

Buyuk Britaniya xavfsizlik vaziri Ben Uollesning ma'lum qilishicha, GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyaning «Novichok» asab-falajlovchi moddasi bilan zaharlash holatida shaxsan Rossiya prezidenti Vladimir Putin javobgardir. 

Mavzuga oid