Jamiyat | 14:14 / 10.09.2018
15995
2 daqiqa o‘qiladi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida majburiy mehnatga qarshi maxsus ishonch tarmog‘i ishga tushirilmoqda

O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi majburiy mehnatga jalb qilish holatlari kuzatilganda qo‘ng‘iroq qilish yoki ijtimoiy tarmoq orqali murojaat qoldirish imkonini beruvchi maxsus ishonch tarmoqlarini ishga tushirmoqda. Shunday qilib, mabodo siz majburiy mehnatga jalb qilish holatlariga guvoh bo‘lsangiz yoki sizni shunga majburlashsa, vazirlikning Telegram tarmog‘ida tashkil etilgan @mehnathuquqbot tarmog‘iga xabar yo‘llash yoxud 712 000 601 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin bo‘ladi. 

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi rahbari Sherzod Kudbiyev OAV vakillari bilan vazirlikda tashkil etilgan matbuot anjumani chog‘ida ma'lum qildi. Vazirning bildirishicha, mazkur tarmoqni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad respublikada majburiy mehnatga qarshi kurashishdir. Kudbiyevning ishonch bildirishicha, har bir murojaat bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar ko‘riladi. Bundan tashqari, paxta yig‘im-terimida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik va ixtiyoriy ravishda paxta terimiga chiqish istagida bo‘lgan fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta'minlash uchun Telegram messenjerida @terimuzbot tarmog‘i va www.terim.uz sayti ishga tushirildi.  

Mavzuga oid