Light | 12:21 / 10.09.2018
31445
3 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi ilk teleko‘rsatuv qaysi ekanini bilasizmi?

Zamonaviy xonadonni televizorsiz tasavvur etish mushkul. Biroq sivilizatsiyaning bu yutug‘ini bizga kimga sovg‘a qilgani haqida o‘ylab ko‘rganmisiz? Birinchi ko‘rsatuv qachon paydo bo‘lgani haqida-chi? Bugun aynan shu haqida so‘z yuritamiz.

Maishiy texnikaning bu predmeti kashfiyotchisining aniq ismini aytish mushkul. Axir uni ishlab chiqish ustida bir necha kishi ish olib borgan. Biroq olim Paul Nipkovni eslab o‘tmaslikning iloji yo‘q. Aynan u sababli maxsus tirqishli disk yaratilgan. Bu qurilma tasvirlarni ekranga uzatish uchun skaner qilgan. U XIX   asr boshlaridagi ilk televizorlarning ajralmas qismi edi.

Bu innovatsiyadan ilhomlangan shotlandiyalik olim Jon Berd mexanik telepriyomnikni yaratdi. Uni ko‘p miqdorda ishlab chiqarish maqsadida aynan shu nomdagi korporatsiyaga asos qoldi. O‘sha paytdagi televizion tizim zamonaviy variantga o‘xshamasdi: u faqat suratni ko‘rsatardi, ovozni yetkazib bermasdi.

Biroq Bredning TV-qurilmalari BBC radiosidan foydalanish imkonini beradigan o‘rtacha uzunlikdagi to‘lqinga yaxshi sozlanardi. Bu Bred televizorlarining afzallik jihati edi. Aynan shu o‘ziga xoslik bo‘lajak teleuzatish kelajagiga aylandi. Ilk eshittirish efirga 1924 yilda chiqdi. Jon o‘z qurilmasini Soxo do‘konlaridan birida namoyish etishga qaror qildi.

Tasvir juda kichik bo‘lgan – gugurt qutichasining yarmidan katta bo‘lmagan. Bundan tashqari, tasvir sifati va kengaytmasi juda yomon bo‘lgan, shuningdek, doimiy ravishda titrardi. Yarim tonlarning baribir rang bo‘lib ko‘ringani sabab aktyorlarning yuzi aniq ko‘rinmasdi.

Bredning debyuti muvaffaqiyatsiz bo‘lganiga qaramay, u ortga chekinmadi. Ikkinchi urinish 1926 yilda amalga oshirildi. Ana endi buni to‘liq teleseans deb atash mumkin edi. U ommani hayratga soldi. Axir ular ilgari bunga o‘xshash narsaga guvoh bo‘lishmagan.

Olim shu bilan to‘xtadi deb o‘ylaysizmi? Albatta yo‘q. Ikki yil o‘tgach, u dunyoga haqiqiy rangli televizorni taqdim etdi va yana bir rolikni rangli tarzda namoyish qildi. Demak, uning nomini rangli televideniye ilk kashfiyotchilari ro‘yxatiga kiritish mumkin. Keng omma televizordan taxminan 30 yildan keyin foydalana boshladi.

Mavzuga oid