O‘zbekiston | 17:23 / 11.09.2018
21436
1 daqiqa o‘qiladi

4 kun ichida 2 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi

Foto: KUN.UZ

Joriy yilning 5 sentabrdan 8 sentabrgacha bo‘lgan davr mobaynida “O‘zRTXB” AJ da 521,9 mlrd so‘mlik bitimlar tuzildi. Bu haqda "O‘zRTXB" AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘tgan hafta mobaynida onlayn auksion orqali 638ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,0 milliard so‘mdan oshdi.

Savdolar natijasida bitimlarning qariyb 21% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 55% ikkinchi va 24% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.

Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Toshkent va Toshkent viloyati avtohavaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 19%ga teng. Keyingi o‘rinda Farg‘ona viloyatining avtohavaskorlari 12% ulush bilan joylashdi. Uchinchi o‘rin Namangan viloyati avtohavaskorlariga tegishli bo‘lib, ulushi 10%ni tashkil qiladi. Boshqa hududlarning ulushi 59%ga teng.

Mavzuga oid