O‘zbekiston | 14:51 / 11.09.2018
15458
2 daqiqa o‘qiladi

Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash tartibi o‘zgardi

Foto: Fotolia

Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi, deb yozmoqda “Huquqiy axborot” kanali.

O‘zgartirishlarga muvofiq, adliya organlari bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlangan yuridik xizmat xodimining ushbu tashkilot yuridik xizmatidagi lavozimi o‘zgaradigan bo‘lsa, (masalan yuridik bo‘limga yetakchi mutaxassis sifatida ishga kirib, keyinchalik bosh mutaxassis etib tayinlandi) adliya organlaridan qayta rozilik olish talab etilmaydi.

Suhbatdan o‘ta olmagan nomzodlar bir oydan so‘ng (ilgari uch oy edi) lavozimga qayta tavsiya etilishi mumkinligi belgilandi. Bunda suhbatga uch martagacha kelish mumkin. Uch martada ham suhbatdan o‘ta olmasa, uch oydan keyin umumiy asoslarda lavozimga tayinlashga tavsiya etilishi mumkin bo‘ladi.

Ilgarigi tartibga asosan yuridik xizmat xodimi lavozimiga tayinlash uchun kelishishga bir shaxsning nomzodi aynan bir lavozimga ikki martadan ortiq ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmas edi.

Bundan tashqari, xodimning pensiya yoshiga to‘lganligi sababli mehnat shartnomasi bekor qilinganda, yuridik xizmat xodimi shtat birligi tugatilganda yuridik xizmat xodimini lavozimdan ozod etishni adliya organlari bilan kelishish talab etilmaydi.

Mavzuga oid