Hukumat innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida qaror qabul qildi
Innovatsion faoliyatni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.
Qarorga muvofiq, “Yashnobod” innovatsion texnoparki direksiyasi” DUK Toshkent shahar hokimligi tasarrufidan chiqarildi. Endilikda direksiyaning ta'sischisi etib Innovatsion rivojlanish vazirligi belgilandi.
Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan mahalliy ilmiy ishlanmalarni joriy qilish va tijoratlashtirishni ko‘zda tutadigan ilmiy startaplarni grant yoki foizsiz qaytarish asosida moliyalashtiriladi. Bunda investorlarning o‘z mablag‘lari bilan ishtiroki investitsiyalar summasining 30 foizidan kam bo‘lmasligi nazarda tutilgan.
Shuningdek, Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi tuzilmasida yuqori texnologiyali kichik kompaniyalar uchun mavjud infratuzilma, xonalar, laboratoriyalar va asbob-uskunalarni imtiyozli shartlarda taqdim etgan holda Innovatsion startap-akselerator va startap-inkubator tashkil qilinadi.
Laboratoriya asbob-uskunalari, ishlab chiqarish maydonlari va ofis xonalari Ilg‘or texnologiyalar markazi rezidentlariga ijaraga 2 yil muddatga, Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishilgan holda 5 yilgacha uzaytirish huquqi bilan taqdim etiladi.
Ilg‘or texnologiyalar markazi rezidentlari 2022 yil 1 yanvargacha quyidagilardan ozod qilinadi:
• yer solig‘i;
• foyda solig‘i;
• yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq;
• yagona soliq;
• shaxsiy ehtiyojlar maqsadida keltiriladigan xomashyo va butlovchi buyumlar uchun bojxona to‘lovlaridan(bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari).
Mavzuga oid
12:22 / 23.12.2024
Kurash trenerlari va hakamlarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilish yo‘lga qo‘yiladi
11:18 / 27.11.2024
Milliy simfonik orkestri xodimlari maoshi oshiriladi
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
07:16 / 20.08.2024